Saytdan qidirish

Saytga kirish

Kalendar

September 2021
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
Dars jarayonidan lavha
Maktabda tashkil etilgan to'garaklar
Maktab honalari
Bilimlar bellashuvi
Ingliz tili bizning hayotimizda
Namangan viloyati Norin tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 40-umumiy o'rta ta'lim maktabining web sayti

O`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar

Bilimlar. Adabiyotning so`z san`ati ekanligi, xalq og`zaki ijodi shu san`atning bir ko`rinishi ekanligi haqidagi dastlabki tushunchaga ega bo`lish; maqol, topishmoq, hadis, masal, rivoyat, xalq ertaklari, adabiy ertaklar  kabi janrlar haqida ixcham ma`lumotlarga ega bo`lish, ular orasidagi farqlarni bilish;

Ko`nikmalar. Adabiyotning so`z san`ati, xalq og`zaki ijodi uning bir ko`rinishi ekanligi haqida tasavvurga ega bo`lish; hadislarning mazmuni va ma`nosini tushunish; badiiy asardagi asosiy fikrni anglash va his etish; badiiy asar mazmunini ilg`ash; badiiy asar qahramoniga shaxsiy mulohazasini bildirish;  asar mazmunini matnga yaqin tarzda hikoyalay olish.

 

Turli janrlardagi badiiy matnlarni ifodali o`qish; asarlarda aks etgan his-tuyg`ular tasvirini tuyish va uni ifodalay bilish; qahramonning asosiy ma`naviy fazilat va nuqsonlarini tavsiflash; asardagi asosiy va ikkinchi darajali voqealarni ajratish; o`rganilgan asarning sodda rejasini tuzish; shu rejaga munosib qisqa hajmli insho yozish; o`rganilgan asarlarga tayanib, ijodiy matn yaratish, xalq ertaklarini adabiy ertaklardan farqlash;

Asar obrazlari va ular orasidagi munosabatlar haqida tushunchaga ega bo`lish, lirik asarlarni tushunib o`qish, sharhlash, badiiy matndagi tasvir asosida adabiy qahramonga, o`zi va o`rtoqlariga baho berish, she`riy asarni tushunish, imlo va izohli lug`atlardan foydalanish, asar qahramonlariga nisbatan o`zida darddoshlikni his etish, topishmoq, ertak, ixcham badiiy to`qima - qatra tarzidagi ijodiy matn yarata olish, so`zdan ta`sirlanishni his etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tasviridagi mazmun va mohiyatni tushunish, ulardagi milliy iftixor, g`urur tuyg`ularini his etish, turli vazndagi she`rlarni ifodali o`qish.

       Malakalar. Og`zaki va yozma nutqda so`zning o`z va ko`chma ma`nolaridan to`g`ri va unumli foydalanish; maqol, topishmoq, hadis, ertak, masal, she`r, hikoya va boshqa janrlar vositasida ifodalangan ezgulik va yaxshilik sifatlarini o`z axloqiy me`yorlariga singdirish; ularda ifodalangan Vatan, ezgulik, go`zallik, o`zaro hamjihatlik tuyg`ularini anglash; badiiy asar mazmunini o`zlashtirish va hikoyalash; matnni ifodali o`qish; badiiy matn yoki undan olingan parcha asosida og`zaki va yozma reja tuzish, reja asosida qahramonning yetakchi fazilatlarini tavsiflash; berilgan matn asosida yangidan  ijodiy matn yaratish; adabiy asardagi tasvir mohiyatini ongli tarzda o`zlashtirish; asar qahramoni bilan o`zidagi (o`rtoqlaridagi) axloqiy-ma`naviy sifatlarni taqqoslash; sinfdan tashqari o`qilgan asarlarga mustaqil munosabat bildirish; darslikda berilgan lug`atlar bilan ishlash;  badiiy matndagi epitet, o`xshatish, jonlantirish singari nisbatan sodda tasvir vositalarini topish va ularni asoslash; asardagi milliy qadriyatlar tasviriga e`tibor berish va ularni izohlash; ulardagi milliy iftixor tuyg`ulariga asos bo`ladigan holatlarni ilg`ash va uni so`z vositasida ifodalash, notanish badiiy matnni ovoz chiqarib 105-110 so`z tezligida o`qish; notanish matnni ovoz chiqarmay 150-170 so`z tezligida o`qish; dasturda tavsiya etilgan 6-7 she`rlarni yod aytib berish. 

.