Saytdan qidirish

Saytga kirish

Kalendar

May 2021
Mo Tu We Th Fr Sa Su
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
Dars jarayonidan lavha
Maktabda tashkil etilgan to'garaklar
Maktab honalari
Bilimlar bellashuvi
Ingliz tili bizning hayotimizda
Namangan viloyati Norin tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 40-umumiy o'rta ta'lim maktabining web sayti

  

Abdullayeva Feruza. Tasviriy  san`at  va  chizmachilik fani  o`qituvchisi.                    Mavzu: O’zbekiston  kitob grafikasi  san’atining  namoyondalari.

 

 

Mavzu: O’zbekiston  kitob grafikasi  san’atining  namoyondalari.

   Talimiymaqsad: Oquvchilarga  ozbek  kitob  grafikasi  sanatining  rivojlanishigaulkan       hissalarini  qoshgan  rassomlarijodihaqidatoliq  malumot  berish.

   Tarbiyaviymaqsad: Oquvchilarga  kitobni  yaratilish  jarayonlarbilantanishtirish, kitobga      bolgan  mehr-muhabbatinihamdafikrlashvasanat  asarlarini  idroq  etishqobilyatlarini  rivojlantirish.

   Rivojlantiruvchimaqsad:Oquvchilarga  tarixiy,badiiy, ilmiy-ommaviy, tarbiyaviykitoblarni  oqish  vaorgatish  orqaliaqliy-manaviy  bilimhamdatasavvurlarini  ostirish.

   DTS:  Axborot  va  texnologiyalarni o’rgatish  kompetensiyasi.

   Dars turi: Nazariy

     Dars usuli:”Aqliy hujum”,”Xikmatlar xazinasi”,”Kichik guruhlar bilan       ishlash”,”Taqdimot”,”Galereya” usullaridan foydalanish.

   Dars jihozi: Mavzuga  oid rassomlar asarlaridan  na’munalar, kitoblar, electron dars, savol  va test tarqatmalar,qalam ,bo’yoqlar,plakatlar.

                                              Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.Salomlashish, davomatni  aniqlash,darsga  tayyorgarlik  ko’rish.

   Ma’naviyat daqiqasida “Xikmatlar xazinasi” usulidan foydalanib, hikmatlar sandiqchasidan  o’quvchilar odob-ahloqqa oid  so’z va topishmoqlar  yozilgan qog’ozchalarni  olib,o’qib shu so’larni  izohlab  berishadi.

                     

     Birinchi qadam: Ey  farzand  qalam kabi to’g’ri  bo’lish-sening qalb  amring    bo’lsin. Hamisha to’ri so’zlab ,to’g’ri  hayot kechirishga  intil ,shunda  baxt, farovonlik     seni tark  etmaydi.

1)     Insonga eng kerakli bo’lgan yagona narsa sadoqatdir.Shuning ushun “Sodiq do’st……yahshiroqdir” deyishgan donolar.                                                                                     2)Ey farzand yaxshi gap va xush muomala qalbga halovat baxsh etadi,insonlargni bir-biriga yaqinlashtiradi.”Yaxshi gap bilan…….di” degan xalqimiz.                                        3) Haqiqiy do’st do’stining…..turadi degan.Shuning uchun haqiqiy do’st buyuk ne’matdir.                                                                                                                                      4) Hunar oltin bilaguzukdir , inson qo’lidagi hunarning qadri hech qachon tushmaydi.”Hunarli kishi……                                                                                                5) Hech bir  yahshilik javobsiz qolmaydi. Yahshilik qilgan odam uning mukofotini ertami-kechmi albatta oladi,”Yaxshidan ………,yomondan………..                                     6) Kechira olish buyuklik nishonasidir. Hamma ham qila olmaydigan ishlardan biri –yomonlikka yaxshilik qilishdir. Kechirimli bo’l ……………..topasan.

  Ikkinchi qadam: Qalam buyuk asarlar va ajoyib kashfiyotlarni qog’ozga tushurishi mumkin.Lekin bu ishlarning barchasini qo’l  bajaradi,sen hayotda

 iqtidorli va tadbirkor bo’l !!!

                             O’tgan darsni eslash, mustahkamlash.

     Sinf o’quvchilarini  uch guruhga bo’lib olamiz.

1-guruh:”Kitobxon”

2-guruh “Ibrat”

3-guruh “Ijodkor

Guruhlar nomlarini  izohlab berishadi.”Kitobxon” guruhi o’qigan kitoblarini sanab berishadi , “Ibrat”guruhi buyuk ma’rifat egasi Ibrat domla haqida ma’lumot berishadi, “Ijodkor”guruhi o’z  ijod na’munalarini izohlaydilar.

“Aqliy hujum”usulidan foydalanib guruhlargasavollar berilad[.

1.”Grafika” so’zining ma’nosi nima?

2. Grafika san’atining turlari necha xil?

3. Kitob grafikasi deb nimaga aytiladi?

4. Kitobat san’atining sharqona an’analarni qaytadan tiklagan  rassom kim?

5. O’zbekiston kitob grafikasi san’ati qachondan boshlab shakllana boshlagan?

6. O’zbekiston kitob grafikasisan’ati vakillaridan kimlarni bilasiz?

7. Kitobning yaratilishida kimlar ishtiroq etadilar?

8. Tarixiy kitoblar bilan zamonaviy kitoblar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

9. Eng qadimiy kitoblardan qaysilarini bilasiz”         

10.Sharq kitobat san’atining nodir na’munalari jahonning qaysi muzeylarida    saqlanmoqda.

11.Sharq kitobat san’atining taniqli musavvirlaridan kimlarni bilasiz?

12.Buyuk musavvir KamoliddinBehzod kimlarningkitoblariga bezaklar bergan?

  O’quvchilar savol yozilgan gulchalarni olib  javob  berishadi  va  bilimlar  daraxtiga  elimlab  borishadi.

  Uchunchi qadam: Qalamda yozish uchun uni dam-badam tarashlab turish lozim. Bu qalam uchun birmuncha og’riqli, ammo uchi o’tkir qalam nozik chiziqlar chiza oladi,sen ham hayotda bilim olishdan to’xtama !!!

                              Yangi mavzu bayoni.

O’zbek kitob grafikasi san’ati rivojiga munosib hissa qo’shgan O’zbekiston xalq rassomlari Iskandar Ikromov,Telman Muhamedov ,Anatoliy Bobrovlar hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar beriladi.

    O’zbek kitob grafikasi san’atining milliy an’analarini tiklash va rivojlantirishda o’z  ijod yo’lini XX asrning 30-yillarida boshlagan  Iskandar Ikromov (1904-1972) taniqli kitob  naqqoshi 1904-yilda Toshkent shahrining Eski Jo’va mavzeyida tavallud topgan. 1922-1924-yillarda Toshkentdagi Turkiston o’lka badiiy bilim yurtida,keyinchalik u mashhur o’zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning tavsiyasiga ko’ra Moskva Davlat Oliy badiiy-texnika ustaxonasida,Sank-Peterburg Badiiy san’at texnikumida 1925-1929-yillarda rassomlik kasbini egallab,Toshkentga qaytdi. Uning iqtidorini to’la-to’kis namoyon bo’lishida Abdulla Qodiriy,G’ozi Yunus,Hodi Zarifov,G’ofur G’ulom,Oybek,Hamid Sulaymonov kabi adiblar bilan bo’lgan muloqotlar muhim o’rin tutadi.

    Iskandar Ikromov o’ z ijodiy faoliyatida  Abu Ali Ibn Sino,Abu Rayhon Beruniy,Alisher Navoiy,G’ofur G’ulom,Hamid Olimjon,Oybek kabi allomalarning asarlariga badiiy ishlov bergan.1959-yilda Alisher Navoiyning “Lirika”siga ishlagan badiiy bezaklari uchun Germaniyaning Leypsing shahrida o’tkazilgan xalqaro kitob ko’rgazmasida bronza medaliga sazovor bo’ldi.

   Telman Muhamedov (1934-1976)  1934-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1968-yilda hozirgi Kamoliddin Begzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. U o’z asarlari bilan xalqaro ko’rgazmalarda ishtiroq etgan.1974-yilda Butunittifoq Xalq Xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasining bronza medaliga sazovor bo’lgan. O’zbek xalq ertaklari,Afandi latifalari, G’ofur G’ulomning “Shum bola”,Mirmuhsinning “Me’mor”asarlariga ishlagan illyustratsiyalarida rassomning iqtidori yaqqol namoyon bo’lgan.

     Anatoliy Bobrov 1948-yilda Sharqiy Qozog’istonning Radionovka qishlog’ida tug’ilgan. 1972-yilda hozirgi Kamoliddin Behzod  nomidagi Milliy rassomlik-dizayn institutini tamomlagan. Kitob Anatoliy Bobrovning butun hayoti mazmuniga aylangan,kitobning badiiy va texnologik jarayonlarini mukammal egallagan rassomning bezagan kitoblari Respublikalararo va xalqaro tanlovlarning diplomlari bilan taqdirlangan.

    A.Bobrov  M.R. Dayoning “Indoneziya ertaklari va afsonalari”, Qaraqolpoq eposi, ”Shahriyor”,hind qahramonlik  eposi “Ramayana”, Asqar Muhtorning “Qo’l  izi” she’rlar to’plami, Muhammad Alining “Boqiy dunyo” she’riy romancing o’zbekcha va ruscha nashriga, A.S.Pushkinning “ Baliqchi va oltin baliq haqida ertak”, Chingiz Aytmatovning  “Asrga tatigulik kun” va “Qiyomat” asarlari  qirg’iz eposi  “Manas” va boshqa kitoblarni bezagan iqtidorli rassomdir.

  

To’rtinchi qadam: Qalamning qanday yog’ochdan qilingani,shakli va rang

muhim emas. Muhimi uning ichidagi grafitida,darsda olgan  bilimlaringizni takrorlab,mustahkamlab boring !!!

                   Mustahkamlash.

    Mo nitorda mavzuga oid test savollari namoyish etiladi.

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3271 sonli qarori “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” qachon qabul qilingan.

A. 2017 yil 13-sentabr B.2018 yil 13-sentabr D.2017 yil 13-sentabr

2.Iskandar Ikromov 1959 yilda kimning qaysi asariga badiiy bezaklar bergan.

A.Oybek  B. A. Navoiy   D. G.G’ulom.

3.G’.G’ulomning “Shum bola” asariga  illyustratsiya ishlagan  rassom kim.

A.A.Bobrov  B. I.Ikromov  D. T.Muhamedov

     “Taqdimot” usulidan foydalanib o’quvchilar nomonidan  tayyorlangan  kitobchalar taqdimoti o’tkaziladi. Har bir guruhdan ikki nafar o’quvchi lar o’zlari yaratgan kitobchalarini mazmunini so’zlab berishadi.

 

    Va nihoyat beshinchi qadam: Qalam  qog’oz ustida yurar  ekan  iz  qoldiradi.  Xuddi  shunday,sen  ham  qilgan  ishlaring  bilan  hayotda  o’z   izingni qoldirasan. Yoshlikda  olingan  bilim  toshga  bitilgan  naqshdir.                                        

 O’quvchilarga ball qo’yish.

Darsniyakunlash.

 

Guruhlarni  baholashda  har  bir  javob  uchunoquvchilarga  ragbatlantiruvchi  kartochkalar  berib  boriladi . Darsyakunida  shu  kartochkalar  jamlanadi, golibguruhaniqlanadi. Dars  davomida  faolligigaqaraboquvchiga  ball  qo'yiladi.

 

.