Saytdan qidirish

Saytga kirish

Kalendar

September 2021
Mo Tu We Th Fr Sa Su
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
Dars jarayonidan lavha
Maktabda tashkil etilgan to'garaklar
Maktab honalari
Bilimlar bellashuvi
Ingliz tili bizning hayotimizda
Namangan viloyati Norin tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 40-umumiy o'rta ta'lim maktabining web sayti

Ergasheva  Feruza. ONA TILI   4 sinf. 

Mavzu: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap. (1-4 mashqlar)

 

              Mavzu: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap. (1-4 mashqlar)

   Darsning maqsadi:

ta’limiy: o‘quvchilarning gap haqidagi tushunchalarini aniqlash, matndagi gaplarni tinish belgilariga rioya qilgan holda tugallangan ohang bilan o‘qish, matndagi gaplarning chegarasini aniqlash ko‘nikmalarini takomillashtirish;

FK1:o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlash, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari)ishlata olish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanga muhabbat hissida tarbiyalash;

TK2:media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;

TK3:o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish; TK4:davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;

FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.

Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars.

Darsning metodi: “Muzyorar”, “Savolning javobini top” ta’limiy o‘yinlari, suhbat.

Darsning jihozi: mavzuga oid  rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy  qism.

                    salomlashish

                    davomatni  aniqlash

                    navbatchining  axboroti

                    sinf  tozaligini va  o‘quvchilarni  darsga  tayyorgarligini  nazorat  qilish

II. O‘tilganlarni takrorlash.

Husnixat daqiqasi:

Ona yurting – oltin beshiging.

O‘quvchilarning faolligini oshirib, ular orasida do‘stlikni mustahkamlab olish maqsadida  “Muzyorar” mashqi o‘tkaziladi.

Mashq quyidagi tartibda olib boriladi. Kortokcha o‘qituvchi tomonidan biror o‘quvchiga, ismini aytgan holda (,,Farhod” deb) otiladi. Xaltachani ilib olgan Farhod boshqa o‘rtog‘ining ismini va ismining bosh harfidan boshlanadigan insoniy xislatlarni qo‘shib aytib, koptokchani uloqtiradi. Masalan,Gulnora — go‘zal, Fazilat—farosatli, Jasur — jasoratli.

 

 

III. Mustahkamlash.

Vatanimiz haqida suhbat o‘tkaziladi. O‘qituvchi,,O‘zbekiston deganda ko‘z o‘ngingizda nimalar jonlanadi?" degan savol beradi. O‘quvchilar O‘zbekiston haqida bilgan tushunchalarini aytadilar.

So‘ngra savollar orqali o‘quvchilarning O‘zbekiston haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.

‒ O‘zbekiston qanday davlat?

‒ O‘zbekiston — mustaqil davlat.  

‒ Vatanimizni qanday so‘zlar bilan madh etsak bo‘ladi?

‒ Serquyosh, chamanzor, go‘zal, keng, bepoyon, oltinga kon.

‒ Vatanimizni ulug‘lash uchun nimalar topdik? So‘zlar.

‒ Topgan so‘zlaringizdan gaplar tuzing-chi.

‒ Paxta milliy boyligimiz. Xalqlar tinch-totuv yashaydilar. Navoiy — g‘azal mulkining sultoni.O‘zbekistonning o‘z bayrog‘i, tamg‘asi, madhiyasi bor. Shahar va qishloqlari go‘zal va h. k. O‘quvchilar tuzgan gaplardan matn tuzish ham mumkin.

Darslikdagi 1-mashq asosida yangi mavzu quyidagicha tashkil etiladi.

Matn ifodali o‘qitiladi.

Matn o‘qib bo‘lingach quyidagi savol-javob o‘tkaziladi

1.  Matn nima haqida ekan?

2. Matnda nechta gap bor?

3. Gaplar qanday mazmunni bildiryapti?

Matndagi oxirgi gapni daftarlariga ko‘chirib olish topshirig‘i beriladi.

Lug‘at ishi:

tug‘ro — gerb 

qopqa — darvoza

fozil — bilimlarni yaxshi egallab olgan kishi

1-topshiriq.

1-mashq asosidagi multimedia ilovasida tartibsizberilganso‘zlardangaptuzish topshirig‘i  berilgan.O‘quvchilartartibsizberilganso‘zlardangaplarnituzibbo‘lishgach, ekranda matn hosil bo‘ladi.

2-mashq.She’rni ifodali o‘qitiladi va she’rga sarlavha topib, husnixat bilan ko‘chirish topshirigi beriladi.

O‘zbekiston

Sahrolar gul ochar senda,

Samolar nur sochar senda.

Yulduzlaring so‘nmasin hech,

Bag‘ringga g‘am qo‘nmasin hech.

Mening uchun aziz bo‘ston,

O‘zbekiston, O‘zbekiston!                         

She’rdagi tinish belgilarining qo‘llanishiga e’tibor beriladi va   nechta gap borligi so‘raladi.

Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toptiriladi.

Samo- osmon, fazo

2-topshiriq.

2-mashqdagi she’r tinish belgilarsiz beriladi. O‘quvchitegishlitinishbelginito‘g‘ritanlasa,  katakchadashubelgiyoziladi.

She’rniifodalio‘qib, ungasarlavhatoping. She’rdanechtagapborliginiayting. Samoso‘zigama’nodoshso‘zlartoping kabi topshiriqlar beriladi.

3-mashq asosida dars mustahkamlanadi. Matnda berilgan gaplarni o‘qib gaplarning chegarasi aniqlanadi va sarlavha qo‘yiladi.

Kuz erta tushdi.Qovun palagi qurimasdan havoda mezon uchdi. Kechalari osmonda turnalarning horg‘in nolasi eshitildi. Bu yil qish qattiq keladiganga o‘xshaydi. Teraklar bargini erta to‘kdi. ( O‘tkir Hoshimov)

Mashq matni yuzasidan suhbat:

   Matn mazmuniga mos sarlavha toping.

   Matn nechta gapdan iborat?

   Gaplar qanday mazmunni bildiryapti?

   Horg‘in so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting.

Lug‘at ishi: Horg‘in – charchagan, toliqqan.

“Savolning  javobini top”  ta’limiy o‘yini.O‘quvchilar bilimini mudtahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.  Buning uchun o‘quvchilar savol va javoblarni o‘qib to‘g‘ri javoblarni strelka yordamida belgilab chiqadilar.

 

1. Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilar  qo‘yiladi?

 

Tugallangan fikrni bildiradi

2. Gap qanday harf bilan boshlanadi?

Ohangyordamidaaniqlanadi

3. Gapqandayfikrnibildiradi?

Charchadi

4. Gapnimalardantuziladi?

Gaplar yordamida fikrlarini bir-biriga aytadi

5. Gapning chegarasi qanday aniqlanadi?

Nuqta, so‘roq va undov belgisi tinish belgilari  qo‘yiladi?

6. Odam o‘zaro nimalar yordamida fikrlarini bir-biriga aytadi?

So‘zlardan tuziladi

7. Horg‘in so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting.

Boshharfbilanboshlanadi

 

 IV. Darsga yakun yasash va baholash

 

O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga  ko‘ra   o‘qituvchi tomonidan baholanadi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

V. Uyga vazifa.

4-mashq. She’rni ifodali o‘qib, husnixat asosida ko‘chirib kelish, ajratilgan gapning ma’nosini tushunib kelish aytiladi.

.