Xudoyberdiyeva Sevara.  Odobnoma darsi.

 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

 XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYAT

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI 

Norin tuman Xalq ta`lim bo’limiga qarashli

 40-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi

 boshlang`ich  sinf o`qituvchisi

Xudoyberdiyeva Sevaraning  odobnoma fanidan  bir soatlik

DARS  ISHLANMASI.

         Ushbu dars ishlanmasi inavatsion usullardan foydalanish va DTS talablari asosida tayyorlandi. Bu dars ishlanmadan umumiy o`rta ta`lim maktablarining

3-sinflarni odobnoma fanlarida foydalanishlari mumkin.

  

Muallif:                       Xudoyberdiyeva Sevara 40-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi

2-toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi.

 

 Muharir:                       Qizlarxon G`oyipova. Norin tuman Xalq ta`lim bo`limi                           

                                       boshlang`ich ta`lim uslubchisi.

 

Taqrizchilar:                   Jo`rayeva Gulbahor. 40-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi 

                                        o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari.

 

                                       Mo`minova Dilfuza 40-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi oily  toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi.

 

Mazkur dar ishlanmasi tuman metodika kengashining 201__yil “___”

_______________       ______________ sonli qarori bilan ommalashtirishga tavsiya etildi.

 

 

Xudoyberdiyeva Sevara Raxmonberdiyevna 1988-yil tug`ilgan.

2010-yilda Namangan Davlat Universitetining boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi yo`nalishni tamomlagan.  2010-yildan buyon

Norin tumandagi 40-maktabda boshlang`ich sinf o`qituvchisi bo`lib ishlamoqda.

 

Taqriz.

 

  Boshlang`och sinflarda odobnoma ta`limi o`quvchilarda odob-axloq,insoniy fazilatlar,yaxshilik-yomonlik,baxilik-saxiylik,kattalarga xurmat kichikka izzat,o`zgalar fikrni tinglash,muloqotda muomila madaniyati ko`nikma va malakalrani rivojlantirishga xizmat qiladi.Axborot oqimi keskin ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil fikrlash ko`nikmalarga ega bo`lgan,yangiliklarni o`rganishga doim tayyor bo`lgan,muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalsh ta`lim tarbiya jarayonini asosiy maqsadi bo`lishi kerak.Xozirgi kunda yangi texnalogiya va interfaol usullardan keng foydlanilmoqda.Chunki yangi pedogogik teznalogiyaning darslarda qo`llash orqali o`qituvchi o`quvchilarda do`stona munosabatni shakillantiradi.O`qituvchi tomonidan boshlang`ich sinflarda dars otish jarayonida ta`limiy o`yinlarni qo`llsh har bir shaxsda tarbiyalanishi zarur bo`lgan ijobiy sifatlat: tezkorlik, sezgirlik,topqirlik,xushyorlik , qatiyatlilik,bilimdonlik,mistaqillik,tadbirkorlik,ijodkorlik kabilar tarkib toptirliadi.O`quvchilar o`z firklarini to`ldirish uchun boshqa manbalarga ham murojaat qiladi.Buning natijasida ta`limdagi o`qitish orqali bilim,ko`nikma,malakalar o`sib   boradi.

 

Men Xudoyberdieva Sevaraning ushbu dars tavsiyasi boshlang`ich sinflarni o`qitishda samarali natijalarga erishishiga ishonaman.

 

Jo`rayeva Gulbahor 40-sonli umumniy o`rta ta`lim maktabi o`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari.

 

Mo`minova Dilfuza 40-sonli umumiy o`rta ta`lim makabi oliy toifali boshlang`ioch sinf o`qituvchisi.

  

Shior:Biz Ajdodlarimizga munosib

farzand bo’lamiz!



 

                  Mavzu:Saxiylik va baxillik.Sovg’ berish va sovg’a olish odobi.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga mavzu orqali saxiylik va baxillik , sovg’a berish va sovg’a

                               olish odobi to’g’risida  bilim , ko’nikma va malakalarini shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsad:darsda o’rganilgan materiallar zaminida o’quvchilarda insoniy fazilatlarni   

                               shakllantirish va tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni saxiylik va odob-axloqlik tuyg’ulari , mustaqil va erkin

                              fikrlashga o’rgatish.

Tayanch va fanga oid umumiy kompitensiyalar.

Kommunikativ kompitensiya:Muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi.

Axborotlar bilan ishlash kompitensiya:Mediya manbalardan zarur malumotlarni topa oladi:

O’zini –o’zi rivojlantirish kompitensiyasi:O’z xatti-harakatini muqobil baholay oladi.

Milliy va umummadaniy kompitensiya:Mehr oqibatli hamda umuminsoniy  va milliy

                        qadriyatlarga e’tiqodli bo’la oladi.

Dars turi:yangi bilim beruvchi.

Dars usuli:Noan’anaviy

Dars jihozi:darslik ,tarqatma , klaster , “Aqliy hujum” , davom ettiring ta’limiy

                   o’yinlari,kompyuter manitor , ko’rgazma materiallari.

Darsning oltin qoidasi: Saxiy va bag’rikeng bo’lish

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O’quvchilarni darsga tayyorligi tekshiriladi.Navbatchi hisobot beradi.

O’quvchi:Bugun sinfda navbatchi

                O’qituvchimga yordamchi

               Bugun darsga tayyor o’quvchi

               33 tadan 33tasi

               Ma’naviyat soati o’tkaziladi.

O’quvchi: Har saxar yangragan

                Ulug’  Madhiyam

                Har satri hikmatga

               To’liq Madhiyam

               Eng go’zal qo’shig’i

               Ozod elining

              Muqaddas Madhiyam

              Qutlug’ Madhiyam.

 

O’quvchilar: Vatan , konstitutsiya , madhiya haqida she`rlar va Xarakatlar strategiyasi haqida aytib o’tadilar.Odob haqida maqollar aytadi.

 O’qituvchi:Xurmatli o’quvchilar bugungi darsni 3 guruhga bo’lib tashkil etamiz.

1-guruh Donolar

2-guruh Zukkolar

3-guruh Bilimdonlar

 

II.O’tgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish.

Savol va tarqatmalar asosida o’tilgan mavzu mustahkamlanadi.

O’qituvchi:Donolarimiz odob – ahloq haqida nima degan ekanlar?

O’quvchilar:

1.     Ey farzand hayotda muvofaqiyot qozonish uchun halol bo’l  , mahnatni sev . Halol mehnat qilgan odam ikki dunyoda kam bo’lmaydi.

2.     Yalqovlikdan uzoqlash , g’ayrat shijoatni o’zingga shior qil. Doimo harakatda bo’l va oldinga intil

3.     Ehtiyotkor bo’l.Barcha ishda tartib va intizomga rioya qil.

4.     Senga topshirilgan vazifalarni bekam-u ko’st ado qil

5.     Samimiy , pok qalbli , vijdonli va to’g’ri so’z bo’l

6.     Sabrli , mehribon va hammaga g’amxo’r bo’l.

7.     Kiyinishda , yurish – turishda soda va tabiiy yo’lni tut. Manmanlikka berilma.

O’qituvchi:Kimlar bilan do’st tutinish kerak?

O’quvchilar kimlar bilan do’st tutinish kerakligi haqida aytib o’tadilar.

Qaysi guruhda o’quvchilar ko’p rag’bat kartochkasini olishgan bo’lsa o’sha guruh g’olib sanaladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

Mavzuni tushuntirish uchun bayon qilinadi.

 

Saxiylik insoniy fazilatlar ichida eng yaxshisi ekanligi va bunday fazilatli insonlarni tangri ham yoqtirishi tushuntiriladi.Hadislardan namunalar aytiladi.

Tangri saxiydir,saxiylarni do’st tutadi.Axloqi oily kishilarni yoqtirib ,axloqsizlarni yoqtirmaydi.

Baxillik yomon fazilat ekanligi bunday insonlarning ishi va olasida unum va Baraka bo’lmasligi,ular qilgan yomon ishlari  uchun jazo olishlari tushuntiriladi.

Maqollardan misollar keltiriladi.

 

“Baxilning bog’i ko’karmas”

O’quvchilar ta’riflaydilar.

A)

1.     O’zida bor narsalarni boshqalar bilan baham ko’rish

2.     Ko’makka muxtoj kishilarga yordam beradi

3.     Barchaga birdek bo’ladi

4.     Yaxshiligi evaziga xech nima so’ramaydi

B)

1.     Birovga hech narsa bermaslik

2.     Boshqalar yutug`ini ko’rolmaslik

3.     ishida unum bo’lmaydi

4.     Bog’i ko’karmaydi va yomonligi evaziga jazo oladi.

O’qituvchi: Sovg’a berish va sovg’a olish to’g’risida ko’rinish qilishadi.Unda sovg’a berish va olish odob-axloqi ko’rsatiladi.

O’qituvchi:Kimga qanday sovg’a tanlayman? so’rog’iga  o’quvchilar mustaqil daftarga yaqinlariga qanday sovg’a tanlash to’g’risida yozishadi.

“Davom ettiring” ta’limiy o’yini o’tkaziladi.

Avval o’yla keyin … (so’yla)

Odob kishining … (zebu-ziynati)

Odobni boshi … (til)

Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga

Yomon bilan yursang … (qolarsan uyatga)

 

 

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

Boshqotirma

Quyidagi boshqotirmadagi kalit so’zini topsangiz maqolning bosh so’zi kelib chiqadi.

“… bozorda sotilmas”

Savollar

1.     Tug’ilgan kunlarda beriladi? Sovg’a

2.     Inson hayoti davomida kerakli inson? Do’st

3.     Dadaning dadasi kim? Bobo

 

4.     Ongimizga nur sochar, sirlar eshigin ochar? Kitob

Demak kalit va maqol boshidagi so’z odob so’zi ekan

Guruhlarda aktiv qatnashgan o’quvchilar baholanib rag’batlantiriladi.Rag’bat kartochkalarini ko’p to’plagan guruh g’olib hisoblanadi.

V.Darsni yakunlash va baholash.

Guruhlarni ballari jamlanib aniqlanadi va rag’batlantiriladi. Dars davomida savol va topshiriqni bajarish jarayonida shior so’zidagi harflarni navbat bilan yozib chiqadilar dars so’ngida shior so’zi hosil bo’ladi.

Biz ajdodlarimizga munosib farzand bo’lamiz!

 

 

   

 

VI.Uyga vazifa .Yaqinlarimga qanday sovg’a tanlayman?