Saytdan qidirish

Saytga kirish

Kalendar

June 2021
Mo Tu We Th Fr Sa Su
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
Dars jarayonidan lavha
Maktabda tashkil etilgan to'garaklar
Maktab honalari
Bilimlar bellashuvi
Ingliz tili bizning hayotimizda
Namangan viloyati Norin tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 40-umumiy o'rta ta'lim maktabining web sayti

       

     

4- sinflar  uchun  Ona  tili  fanidan “Gapning maqsadiga ko‘ra turlari” mavzisida  dars  ishlanma.    DAVRONOVA  ZULHUMOR

 

 

NAMANGAN VILOYATI

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

Norin tumani xalq ta’limi bo’limiga

qarashli 40-umumiy o’rta ta’lim

maktabi boshlang’ich sinf o’qtuvchisi

DAVRONOVA  ZULHUMORNING

Ona  tili  fanidanGapning maqsadiga ko‘ra turlari”mavzusida  bir soatlik

DARS  ISHLANMASI

 

Darsning mavzusi: Gapning maqsadiga ko‘ra turlari.  (5-8-mashqlar)

Darsning maqsadi:

ta’limiy:  gap, uning maqsadga ko‘ra turlari haqida bilimlarni aniqlash va matnni ohang yordamida gaplarga ajratishga, gap oxirida zarur tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga o‘rgatish;

I:o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay olish, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari)ishlata olish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarda xalqimizning urf-odati, azaliy an’analariga muhabbat uyg‘otish, ularning tarbiyasida sharqona fazilatlarni shakllantirish;

I: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;

II: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;

rivojlantiruvchi: bog‘lanishli nutqi va lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish;      

II: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.

Darsning turi:o‘quvchilarning  bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.

Darsning metodi: suhbat, ko‘rgazmalili, “O‘rnini top” ta’limiy o‘yini.

Darsning  jihozi: mavzuga oid  rasmlar, so‘z birikmalari yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy  qism.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Husnixat daqiqasi

Til – dil tarjimoni

Uyga berilgan vazifa  4-mashq yuzasidan suhbat.

She’r ifodali o‘qitladi.

She’rga nima uchun “Tinchlik” deb sarlavha qo‘yilgan?

She’r necha qtorda iborat?

Har bir qator  oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilgan?

Doskaga “Vatanning sevimli farzandi bo‘lish uchun nima qilish kerak?” so‘roq gapi yoziladi. Bu gap yuzasidan suhbat uyushtiriladi.

O‘rnini top” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Buning uchun o‘quvchilar  so‘z birikmalarni o‘z va ko‘chma ma’nosiga ko‘ra  chiziqchalar yordamida ajratishlari kerak

III. Mustahkamlash.

Darslikda berilgan 5-mashqdagi “Kimning xati chiroyli?” she’ridan olingan parchani ifodali o‘qitiladi. U qaysi shoirning she’ri ekani so‘raladi.

She’r necha gapdan tuzilgan?

Uni qanday aniqladingiz?

She’r nacha qatordan uborat?

Har bir qator qanday harf bilan boshlangan? Nima uchun?

She’rni husnixat bilan ko‘chirib bo‘lingach, yozuvdagi kamchiliklarni o‘zlari aniqlash kerakligi aytiladi.

6- mashq. “Alpomish” dostonidan olingan matn ifodali o‘qitiladi. Matndagi Boybo‘ri, Hakimbek, Alpinbiy, Rustam dostonlarining kim ekanligi haqida qisqacha ma’limot beriladi. ( Alpinbiyning Boybo‘ri va Boysari degan o‘g‘illari bo‘lgan. Boybo‘rining Hakimbek degan o‘g‘li, Qaldirg‘och ismli qizi va Boysarining Barchinoy degan qizi bo‘lgan.)

Matndagi gaplarning maqsadga ko‘ra turlari aniqlanadi.

Matn qanday mazmundagi gaplardan  iborat?

Darak gap qanday mazmun bildiradi?

Gaplar qanday ohang bilan o‘qiladi?

Har bir gapni maqsadiga ko‘ra turini ayting.

So‘roq gapda qaysi so‘z so‘roq ma’nosini bildiryapti?

Ular o‘zaro nimalariga ko‘ra farqlanadi?

Namunani o‘qing bu gap mazmuniga ko‘ra qanday gap?

Uni matndagi birinchi gap bilan solishtiring. Darak gapdagi qaysi so‘z so‘roq so‘z bilan almashtirilganini aniqlang.

Matndagi gaplarni so‘roq gapga aylantirish uchun nima qilish kerak?

Mashq shu tartibda bajariladi.

Matni qayta hikoyalatish uchun tuzgan so‘roq gaplariga javob beradilar. Alp so‘zining ma’nosini o‘qib, bilib oladilar.

1-topshiriq.

Multimedia ilovasida tartibsizberilganso‘zlardangaptuzish vazifasi   beriladi. Topshiriq bajarilgach,ekrandamatn  paydo bo‘ladi.

Matnnimahaqidaekan? Matndanechtagapbor?  Gaplarqandaymazmunbildiryapti? Matngasarlavhatopish vazifasi beriladi.

Darslik bilan ishlash.

7- mashq. Matndagi gaplarni o‘quvchilar tugallangan ohang yordamida gaplarga ajratib o‘qiydilar. Matnning  salomlashish odobi haqida ekanligini aytadilar va “Salomlashish odobi” deb sarlavha  qo‘yadilar.  

Gaplarning oxiriga qaysi tinish belgilari qo‘yilgan? Nima uchun?

Piyoda so‘zini qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin.

2-topshiriq.

7-mashq. Matndagi gaplarning chegarasini aniqlash uchun matn ostida nuqta, so‘roq, undov belgilaridan o‘quvchilar foydalanadilar.Matndanechtagapbor?  Matngasarlavhatoping kabi topshiriqlar beriladi.

IV. Darsga yakun yasash va baholash

Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

V. Uyga vazifa.

8-mashq.Topishmoqni o‘qib, javobini topib, har bir misra oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga e’tibor berish kerakligi aytiladi.

 

 

.