Namangan  viloyati  Norin  tumani  XTBga  qarashli  40-sonli  umumiy o'rta  ta'lim  maktabi boshlang'ich  sinf  o'qituvchisi Matazimova  Mahfuzanining  o'qish  fanidan  bir  soatlik  dars  ishlanmasi.

 

                                                             

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

             XALQ TA’LIM    VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI 

Norin tumani xalq ta’limi bo’limiga

qarashli 40-umumiy o’rta ta’lim

maktabi boshlang’ich sinf o’qtuvchisi

MATAZIMOVA MAHFUZNING

O’qish fanidan bir soatlik

DARS  ISHLANMASI.

Ushbu dars ishlanma inavatsion usullarda foydalanish va DTS talablari asosida tayyorlandi. Bu dars ishlanmadan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-sinfni o’qitishda foydalanishlari mumkin.

 

Muallif: Matazimova Mahfuza. 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi  boshlang’ich sinf o’qituvchisi.


Muharrir: Qizlarxon G’oyipova. Norin XTB ga  qarashli boshlang’ich sinflar uslubchisi

 

Taqrizchilar: 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quv ishlar direktori.

 Jo’rayeva Gulbahor 40-umumiy o’rta ta’lim maktabi oily toifali o’qituvchisi Mo’minova Dilfuza.

 

                                      TAQRIZ.

Matazimova Mahfuza boshlang’ich sinflarda darslarni tashkil etishda inavatsion usulida foydalanish yuzasidan yozgan tavsiyasi shu kunning asosiy mavzusi deb bilaman. Chunki yangi pedagogic tehnologiyani darslarda qo’llash orqali o’qituvchi o’quvchilarda do’stona munasabatni shakllantiriladi. O’qituvchi tomonidan boshlang’ich sinflarda dars o’tish jarayonida jonli o’yinlar qo’llash o’quvchilarning faolligini oshirish bilan ijodkorligini oshiradi. O’quvchilar o’z fikrlarini to’ldirish uchun boshqa manbaalarga ham murojaat qiladi.  Buning natijasida ta’limdagi o’qitish orqali bilim , ko’nikma , malakalar o’sib boradi. O’quvchilarni tezkorlikka mustaqilfikrlashga undaydi.

 

      Matazimova Mahfuzaning ushbu dars tavsiyasi boshlang’ich sinflarni o’qitishda samarali natijalarga erishishiga ishonaman.

 

      Jo’rayeva Gulbahor . 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quv ishlari bo’yicha  direktor o’rinbosari.

      Mo’minova Dilfuza 40-umumiy o’rta ta’lim maktabi oily toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

 

 

   Matazimova Mahfuza 1967 yil 4-sentyabrda tug’ilgan. 1988 yildan buyon 40-o’rta maktabda boshlang’ich sinf o’qtuvchisi bo’lib ishlamoqda.

    1987 yil Chust pedagogika bilim yutrini tamomlagan.

 

       

  Mavzu: Qish (Ilyos Muslim)
 
a)    ta’limiy maqsad: o’quvchilarga qish faslida tabiatda , insonlar hayotida bo’ladigan o’zgarishlar haqida ma’lumot  berish :
 
b)   tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarga tabiat manzarasidan zavqlanishni  tabiatni e’zozlashni o’rgatish.
 
c)    Rivojlantiruvchi maqsad: tabiat o’zgarishlarga tabiat manzarasida  zavqlanishni , mustaqil fikr bildirish ko’nikmasini  shakllantirish , badiiy ifodalash malakasini  oshirish.
 
Darsning turi:  inergatsiyalashgan aralash dars , kichik guruhlard  ishlash
 
Dars uslubi:  aqliy hujum , ko’rgazmalilik , test , muommoli ta’lim ,tarmoqlar
 
Dars jihozi:  qish fasli  tasvirlangan plakatli rasmlar , test , tarqatmalar  o’qish , atrofimizdagi olam darsliklar , vidiyoproektor
 
Darsning borishi:   I. Tashkiliy  qism .
 
Sinf 3 guruhga bo’lingan holda , doira bo’ylab o’tirardilar.
-         Assalomu alaykum , aziz o’quvchilar
-         Vaalaykum assalom , xurmatli ustoz .
-         Mana o’lkamizda qish fasli  hukmronlik qilmoqda . Tabiat o’zgacha , sokin ko’rinishda . Shunday bo’lsada , qishning izg’irinli sovug’iga qaramay barchamizda ko’tarinki kayfiyat jo’sh
-         urmoqda.bugungi darsimizni yanada qiziqarli bo’lishi uchun musobaqa tarsida o’tkazamiz. Ayni paytda paytda qish fasli bo’lganligi sababli guruhlarni qish oylari nomlari bilan nomlaymiz. 1-guruh “Dekabr” , 2-guruh “Yanvar” , 3-guruh “Fevral” nomini  oladi. Marhamat qilib , guruhlar o’zlaringizga berilgan oylarni muhim sanalari haqida ma’lumot bering.
    Har bir guruhdan bittadan o’quvchi turib tariff kiritadilar.
-         Dekabr qish faslining birinchi oyi. Havo  sovuq bo’ladi. 5-dekabrdan chilla kiradi. 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan. 31-dekabr yangi bayrami nishonlanadi.
         
 

 

      Yanvar , qish faslining 2-oyi . 1-yanvar kundan boshlab yangi yil bashlanadi va bolalarning ta’til kunlari ham  shu oyda belgilangan.
 
-         Fevral , qish faslining ohirgi oyi. Bu oydan sekin asta havo iliy isiy boshlaydi.9-fevral g’azal mulkining sultoning A. Navoiy tavallud topgan kun. 14-fevral shoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kun. 
            
                 

O’quvchilar aytgan ma’lumotlari yuzasidan manitorda va sinf tahtasida rasmlar namoyish etiladi.
. O’tilgan  mavzuni mustahkamlash:
“mehnat baxt keltirar” bo’limi yuzasidan egallagan bilimlarini  so’rab baholash , guruhlarga topshiriq berish .
1-guruh .Kasblarni aytish , kasblarni xalqqa foydasini aytadilar.
2-guruh . “Anvar Obidjonning “Odam bo’laman” she’ridan qanday saboq oldingiz” mavzusida savollarga javob beradi.
3-guruh. Mehnat haqida maqollar aytadilar.
1. Mehnat baxt keltirar
2. Mexnat qilib topganing
Qandu novvot totganing
3.Yozgi harakat-qishgi baraka.
4.Ko’z qo’rqoq-qo’l botir.
O’quvchilar tarqatilgan savollarga javob berishlariga qarab rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantiriladi.
III. Yangi mavzu. Qish.
O’quvchilarga qish fasli tasvirlangan muommoli rasmlar ko’rsatilib , ulardan nima tasvirlanganini 3 ta guruh a’zolari bayon etadilar. Rasm o’qish darsligidagi “Qish” she’ri asosida bo’ladi. Har bir guruh o’z taqdimotini o’tkazish orqali rag’bat kartochkalarini yig’ib boradi. Shundan so’ng o’qituvchi o’qish darsligidagi “Qish” she’rini ifodali o’qib beradi va mazmunini o’rgatadi.
 Qish. Ilyos Muslim
 
O’tib ketdi kuz chog’i
Yetib keldi qish yana.
Kengdir muzlik quchog’i
Bolalar tortar chana.
 
G’izillashib o’tishar
O’g’il-qizlar quvnashib
Konki otib uchishar
Bir-birlarin quvlashib.
 
Dam olib o’tkazadi
Bo’sh vaqtlarin bolalar
Oq to’nga o’raladi
Butun atrof dalalar.
 
Qish ham rohat bizlarga
Ish qilib , olamiz dam.
To’lar o’g’il – qizlarga
Qorli tepalar har dam.
 
O’qituvchi o’quvchilarga she’rni navbatma –navbat ifodali o’qib chiqishlariniaytadi va o’qituvchi kuzatib boradi.
Kompyuter monitorida o’quvchilarga qish fasli tasvirlangan harakatli rasmlar ko’rsatiladi . Bu tasvirlar atrofimizdagi olam adrsligidagi “Qish” mavzusi asosida bo’lib unda rasmlar harakatli tarzda bo’ladi.
O’quvchialr nimalarni ko’rayotganliklarini dastlab guruh a’zolari bilan hamfikr holda umumlashtirib , bittadan o’quvchi taqdimot va rag’bat yig’adi. Bolalar taqdimotdan so’ng atrofimizdagi olam darsligidagi “Qish” mavzusini o’qituvchi aynan  hozir ko’rgan tabiat manzarasi ekanligini tushuntiradi. Guruh a’zolari o’qib chiqadilar.
Qish.
Qish keldi.Sovuq tushib , qor yo’g’di. Daraxtlar uyquga ketdi. Qishda kunlar qisqa bo’ladi. Hamma issiq kiyim kiyadi .
31-dekabrda yangi yilni kutib kutib olamiz.
IV. Mustahkamlash : o’quvchilarni har 2 fan yuzasidan bilimlarini mustahkamlash uchun “Tarmoqlash” usulidan foydalanib , har bir guruhga topshiriq beriladi. Topshiriqni har bir guruh birgalikda alohida qog’osga yozma ravishda bajariladi. Bunda har bir o’quvchi o’z tushunganini yozishi kerak. Buning uchun ma’lum vaqt beriladi.
 
 
Har bir guruh yozganidan so’ng bittadan o’quvchi chiqib taqdimot qiladi. Qaysi guruh ko’p malumot yozsa , o’sha guruh g’olib hisoblanadi.
V. Umumlashtirish , baholash.
Manitorda har bir guruhga 2 tadan test savoli ko’rsatiladi. O’qituvchi o’qib beradi . Har bir guruh tezda javob berib rag’bat to’playdi .
Masalan: 1. Qishning birinchi kuni
A)  1-dekabr
B)  1-noyabr
2. 31-dekabrda qanday bayram nishonlanadi.
A) Navro’z
B) Yangi yil
O’qituvchi mavzu yuzasidan umumiy hulosasini aytadi. O’quvchilar aytmagan ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Shundan so’ng guruhlar ballari jamlanib g’olib guruh aniqlanadi va ularni esdalik sovg’alar bilan taqdirlaydi. (ertak kitob , daftar , ruchka kabi) dars davomida ishtirok etgan ishtirokchilar ham baholanadi.
VI. Uyga vazifa
1.    “Qish” she’rini yod olish
2.    Qish fasli tasvirlangan rasm chizib kelish
3.    Tabiatdagi qish manzarasini kuzatish va o’z fikrini bildirish
 
 
 
 
          Foydalanilgan  adabiyotlar.
1.Ikkinchi  sinf  o’qish  darsligi
    2.Ikkinchi  sinf  “Atrifimizdagi  olam”  darsligidan “O’lkamizda  qish” mavzusi.
3.Boshlang’ich  sinflar  uchun  “O’qish  darsligi”  qo’llanmasi.
4.