Saytdan qidirish

Saytga kirish

Kalendar

June 2021
Mo Tu We Th Fr Sa Su
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
Dars jarayonidan lavha
Maktabda tashkil etilgan to'garaklar
Maktab honalari
Bilimlar bellashuvi
Ingliz tili bizning hayotimizda
Namangan viloyati Norin tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 40-umumiy o'rta ta'lim maktabining web sayti

Mavzu: Internetda ma’lumotlarni izlash

Darsning maqsad va vazifalari:

Maqsad:

O‘quvchilarga qidiruv tizimi yordamida Internetdan kerakli ma’lumotlarni izlash topish haqida tushuntirish.

Asosiy tushunchalar:

Qidiruv tizimi, qidiruv satri, qidirish tugmasi.

O‘quvchiladda shakllantirilishi lozim bo‘lgan rompitentsiyalar:   elektron vositalarda axborotni izlash, saqlash,  zahira, adres, Internetda axborot ishlashni ta’minlovchi dasturlar bilan mustaqil ishlash.

Kommunikativ kompetensiya.

Qo‘llaniladigan usullar: “Galereya” metodi, Kommunikativ aloqa, savol-javob

 

Darsga kerakli bo’lgan jihozlar:

Informatika darsligi va plakatlar, tarqatma materiallar tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Kompyuterlar Internetga ulanadi.

Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub:

aqliy hujum, klaster, hamma-hammaga o‘rgatadi. 

Dars o’tish rejasi:

1.

O`qituvchining kirish so`zi.

3( daqiqa)

2.

Uyga berilgan ““Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar”” mavzusiga oid bilimlarni  tekshirish.

8 (daqiqa)

3.

O‘quvchilar bilimini tekshirish. (xotira mashqi orqali  oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash –

3 (daqiqa)

4.

Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining  ma’ruzasi.  Mavzuni Internet orqali amaliy bajarish bilan tushuntiriladi

20(daqiqa)

5.

Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa)

7 (daqiqa)

6.

 O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash  (Baholash uchun rag’bat kartochkalari o‘qituvchi tomonidanrag‘bat  doirachalari oldindan tayyorlab qo‘yiladi va ularni  dars boshida tushuntirilib o’tadi. Bunda qizil ranglisi-5 ball, yashil-4 ball, binafsha-3 ball, ko’k-2 ball, sariq-1 ball bilan belgilanadi)

2 (daqiqa)

7.

 Uyga vazifa berish

2 (daqiqa)

 

Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifani so’rash;

b) o`quvchilarni darsga hozirlab, sinfga jonli muhit yaratish;

 

2. Uyga berilgan “Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar” mavzusiga oid bilimlarni  tekshirish.

O‘qituvchi tomonidan “Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar” mavzuga  doir  “Galereya” metodidan foydalanib o’tilgan bilimlarni qanday egallaganliklari va bu mavzudan nimalarni bilib olganliklari aniqlanadi. (mazkur mashg’ulotni o’tkazishdan avval o’quvchilarni guruhlarga ajratiladi va ularga beriladigan materialni qanday internet tizimida bajarishlari haqida tanishtiriladi. So‘ng tarqatma materiallar guruhlarga beriladi. Guruh a’zolari birgalikda fikrlashib tarqatma materialda berilgan topshiriqni yozma ifodalaydilar. Mavzu bo’yicha imkon boricha to’laroq ma’lumot berishlari kerak bo’ladi)

1-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Internet Explorer dasturi interfeysini ishga tushirish usullarini amaliy bajaring va yozing

 

2-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Internet Explorer dasturi interfeysi Menyular satri nimalardan iboratligini amaliy ko‘rsating va yozing

 


3-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Internet Explorer dasturida uskunalar panelini tashkil eting, amaliy ko‘rsating va yozing

  


Har bir guruh ajratilgan vaqt davomida berilgan topshiriqni bajarib bo’lgach, guruhdan bir o’quvchi taqdimot qiladi. 
 

O’qituvchi guruhlar javoblarini  to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, rag‘bat

doirachalarini tarqatib,o’tilgan mavzuni yakunlaydi. 

 

3. Xotira mashqi orqali  oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash (“Aqliy hujum” savollari orqali xotirani sinash)

.