>>>>
>>>>
O`quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan zaruriy talablar
Bilimlar. Adabiyotning so`z san`ati ekanligi, xalq og`zaki ijodi shu san`atning bir ko`rinishi ekanligi haqidagi dastlabki tushunchaga ega bo`lish; maqol, topishmoq, hadis, masal, rivoyat, xalq ertaklari, adabiy ertaklar kabi janrlar haqida ixcham ma`lumotlarga ega bo`lish, ular orasidagi farqlarni bilish;
Ko`nikmalar. Adabiyotning so`z san`ati, xalq og`zaki ijodi uning bir ko`rinishi ekanligi haqida tasavvurga ega bo`lish; hadislarning mazmuni va ma`nosini tushunish; badiiy asardagi asosiy fikrni anglash va his etish; badiiy asar mazmunini ilg`ash; badiiy asar qahramoniga shaxsiy mulohazasini bildirish; asar mazmunini matnga yaqin tarzda hikoyalay olish.