Mirzaolimova  Odina.   Matematika  1-sinf.

Narsalarning  xossalari.

 

 

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI

XALQ  TA’LIMI  VAZIRLIGI

NAMANGAN VILOYATI

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

Ta’lim muassasalari faoliyatini

Metodik ta’minlash va tashkil etish

Norin tumani bo’limiga qarashli

40-umumiy o’rta ta’lim maktabi

boshlang’ich  sinf  o’qituvchisi

Mirzaolimova  Odinaning

bir soatlik

DARS  ISHLANMASI.

     

  Mavzu: Narsalarning  xossalari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy:O’quvchilarga narsalar haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy:O’quvchilarga narsalardan unumli foydalanish kabi hislatlarini uyg’otish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. matematikaga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz etish;

Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish.o’quvchilar  sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.

Dars turi:Yangi bilim beruvchi: savol-javob, o’yin

Dars  ko’rgazmasi:Turli narsalar,o’yinchoq,meva,sabzavot,o’quv qurollari maketi,1-sinf “Matematika” daftari.

Darsning texnologik xaritasi

T|r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10  daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Noma’lum ayriluvchini topish.

Ko’rgazmalilik.

20  daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Misol va masala ustida ishlash

Daftar bilan ishlash

10  daqiqa

5

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2  daqiqa

 

 

Darsning borishi:I.Tashkiliy qism:

a)o’quvchilar diqqatini darsga jalb etish.b)davomatni aniqlash

II.Yangi mavzu bayoni:

O’quvchilar diqqati doskadagi narsalarga qaratiladi.(rasmda nimalarni ko’ryapsiz?) –Parta ustida-chi? Matematika kitobining 3-sahifasida-chi?

Bularning hammasi narsalar hisoblanadi. Biz ulardan foydalanamiz.

Masalan kitoblarni o’qiymiz,daftarga esa yozamiz, qalam, ruchka bizga yozish,chizish uchun kerak. Maktab portfeliga esa biz o’quv qurollarini solish uchun foydalanamiz. Demak hamma narsalar biz foydalanish uchun yaratilgan Afsuski ba’zi bolalar narsalarni isrof qilib ulardan oqilona foydalana olmaydi. Kitoblarga yozib yirtib, boshqa narsalarni ham isrof qilib ketadilar. Uyda ham hamma narsalardan oqilona foydalaning. Barcha narsalar bir biriga o’xshamaydi  va o’xshaydigani ha bo’ladi, masalan olma  behiga o’xshamaydi.

III.Daftar bilan ishlash:O’quvchilar darslikdagi narsalar bilan tanishadilar, qanday foydalanishimizni aytib berishlari kerak. Matematika daftariga  rasmlarni bo’yab chiqishlari aytiladi.

Dars davomida qiynalgan o’quvchilarga yakka tartibda yordam beriladi.

 

IV.Dam olish daqiqa:

Biz yozdik,yozdik,yozdik

Qo’llarimiz dam olsin.

Chiroyli yoz,yozsang xat,

Chunki bu ham zo’r san’at.

 Darsni yakunlash:

 Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

 V.Uyga vazifa:Uydagi, uygacha bo’lgan barcha narsalarni kuzatib ularni  ajratish.