MIRZAYEVA  SHAXNOZA. 1-SINF  MATEMATIKA.   

Narsalarning rangi,shakli,  o’lchami
 

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI

XALQ  TA’LIMI  VAZIRLIGI

Namangan  viloyati   

Norin  tumani  xalq ta’limi bo’limiga 

qarashli 40-sonli  umumiy  o’rta  ta’lim

maktabi  boshlang’ich sinf  o`qituvchisi

MIRZAYEVA  SHAXNOZANING   

Narsalarning rangi,shakli,  o’lchami

mavzusida matematika fanidan  

bir  soatlik

DARS  ISHLANMASI.

Mavzu: Narsalarning rangi,shakli,  o’lchami.

 

Darsningmaqsadi:

Talimiy:Oquvchilarganarsalarnirangi,shakli,olchami  haqidatushunchaberish

Tarbiyaviy:Oquvchilarganarsalardanunumlifoydalanish kabi hislatlarini uyg’otish.

Rivojlantiruvchi:Tabiatda narsalarni ajrata olish  ko’nikma malakalarini rivojlantirish.

Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.TK4boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va o‘z fikrini himoya qila olish; TK2ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarni o‘qiy olish, tushunish va foydalana olish.

Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish.o’quvchilar  sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.

Dars turi:Yangi bilim beruvchi: savol-javob, o’yin

Dars  ko’rgazmasi:Turli narsalar,o’yinchoq,meva,sabzavot,o’quv qurollari maketi,1-sinf “Matematika” daftari.

 

Darsning texnologik xaritasi

 

T|r

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.

Savol- javob.

10  daqiqa

3

Yangi mavzu ustida ishlash

Noma’lum ayriluvchini topish.

Ko’rgazmalilik.

20  daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Misol va masala ustida ishlash

Daftar bilan ishlash

10  daqiqa

5

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish

Uyga vazifani tushuntirish

Rag’batlantirish.

2  daqiqa

 

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism:a)o’quvchilar diqqatini darsga jalb etish.b)davomatni aniqlash

II.Yangimavzubayoni:

Oquvchilardiqqatidoskadaginarsalargaqaratiladi.(rasmdanimalarnikoryapsiz?) –kitobingizda-chi? Matematika kitobining 4-sahifasida-chi?

Bu narsalar nomlari bir hil lekin shakli,rangi, hajmi har hil

Masalan To’rtburchak ikkita lekin ularning rangi ham shakli ham har hil. Darslikdagi koptoklar nomi bir hil lekin shakli va rangi har hil, rubob ikkita lekin biri kichik biri kata, qushchalar uchta lekin ularning farqlari bor.. Soat, ko’ptok, likopcha aylana bular hammasi doira shaklida lekin ularning nomlari har hil likopchaga taom solish uchun, soatdan vaqtni aniqlash uchun,kop’tokni o’ynash uchun ishlatamiz. Har biri har hil vazifani bajaradi, lekin ularning shakllari o’xshash. Uyda ham hamma narsalardan oqilona foydalaning. Barcha narsalar bir biriga o’xshamaydi  va o’xshaydigani ha bo’ladi, masalan olma  behiga o’xshamaydi ularning shakli o’xshash lekin nomlari har hil.

 

 

 

III.Daftar bilan ishlash:O’quvchilar darslikdagi narsalar bilan tanishadilar, qanday foydalanishimizni aytib berishlari kerak. Savol javob o’tkaziladi. Matematika daftariga  rasmlarni bo’yab chiqishlari aytiladi.Daftarga  nuqtalr orqali mashqlarni bajaradilar.

Dars davomida qiynalgan o’quvchilarga yakka tartibda yordam beriladi.

IV.Dam olish daqiqa:Yetti yoshga to’lib qoldik

Maktabjonga kulib keldik.

Maktab bag’ri issiq ekan,

Kitoblari qiziq ekan

Darsni yakunlash:Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

V.Uyga vazifa: Tabiatdagi barcha narsalarni  shaklini , rangi, o’lchami kuzatib ularni  farqlash.