4-sinf Matematika. “Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko’paytirish”

O’TANOVA  MALOHAT.

   

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI

XALQ  TA’LIMI  VAZIRLIGI

Namangan  viloyati   

Norin  tumani  xalq ta’limi bo’limiga 

qarashli 40-sonli  umumiy  o’rta  ta’lim

maktabi  boshlang’ich sinf  o`qituvchisi

O’TANOVA  MALOHATNING   

“Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko’paytirish”

mavzusida matematika fanidan

 aniqlangan bo’shliqlarni

to’ldirish bo’yicha bir  soatlik

DARS  ISHLANMASI. 

4-sinf Matematika

 

        Mavzu: Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko’paytirish.

 

Maqsad: Ta’lim:O’quvchilarning og’zaki hisoblash malakalarini rivojlantirish,mustaqil fikrlash qobilyatlarini o’stirish.

                                             

Tarbiyaviy: O’quvchilarda bir-biriga o’zaro mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash,fangabo’lgan qiziqishlarini o’stirish, so’zlashuv madaniyatiga rioya qilishga o’rgatish.

 

Rivojlantiruvchi: Fikrlash qobilyatlarini og’zaki va yozma hisoblash ko’nikmasi oshirish.

 

Darsning turi: Yangi bilim berish.

 

Dars uslubi: Noan’anaviy,aralash.

                                     Darsning borishi

  I. Tashkiliy qism.

 

O’qituvchi: Bolalar sog-omonnmisiz,

                    Bugungi darsga tayyormisiz.

 

O’quvchi:   Barchamiz  sog’-omonmiz,

                    Yangi darsga tayyormiz!

 

O’qituvchi: Har narsadan habarchi

                    Sinfda kim navbatchi?

 

Navbatchi:  Sinfda men navbatchi

                    Tayyor barcha o’quvchi

 

Navbatchi  ahboroti  tinglanadi

 

Darsni boshlashdan oldin oltin qoidalarni eslab olish.

Oltin qoidalar.

1.Intizom

2.Vaqtdan unumli foydalanish

3.O’n qo’l qoidqsi

4.Faollik

5.Tinglash

6.Aniq va qisqa javob.

 

 

Biz qaysi shakillardan foydalandik? Bu shakllardan nima hosil bo’ldi?

O’quvchilar javobi tinglanadi.

Hozir o’quvchilar guruhlarga bo’linib olamiz va guruhlarga nom tanlaymiz.

1.Topqirlar.

2.Zukkolar.

3.Bilimdonlar.

 Har bir guruh o’z guruhlariga tariff beradilar va sardorlarini saylaydilar.

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Har bir guruhga misollar beriladi.

1.

          848:4=                              880:8=

          603:3=                              816:4=

          436:4=                              450:3=

         764*8=                               650:3=

         3708*3=                             749:7=     

 

Qaysi guruh o’quvchilari xatosiz va tez bajarsalar shu guruh g’olib bo’ladi.

Quyidagi savollar beriladi.

-         Ko’paytirish hadlarini ayting.

-         Bo’lishning hadlarihi ayting.

-         Ko’paytuvchilarning o’rni almashsaham nima o’zgarmaydi?

 

Yangi mavzu bayoni:

    Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko’paytirish

505-misol.

     Necha apelsin borligini aniqlash har xil usullardanfoydalanib tushuntirib bering

1)    3*(4*2)=24

2)    (3*4)*2=24

3)    (3*2)*4=24

Sonni ko’paytmaga ko’paytirishni har xil usullari bilan bajarish mumkin:

                    7*(8*5)=7*40=280

Ko’paytmani hisoblash va uni songa ko’paytirish.

                    7*(8*5)=(7*8)*5=56*5=280

Sonni birinchi ko’paytuvchiga ko’paytirish va natijani ikkinchi ko’paytuvchiga ko’paytirish.

                 7*(8*5)=(7*5)*8=35*8=280

Sonni ikkinchi ko’paytuvchiga ko’paytirish va natijani birinchi ko’paytuvchiga ko’paytirish.

O’qutuvchi har bir sonni tushuntirib beradi.

506-misol

Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib misolni ishlashadi.

                      6*(5*4)=6*20=120

                      6*(5*4)=(6*5)*4=120

                      6*(5*4)=(6*4)*5=120

To’g’ri va tez bajargan o’quvchi rag’batlantiriladi.

507-misol

Qulay usul bilan hisoblang.

1)    17*(10*2)=170*2=340

2)    25*(2*4)=(25*2)*4=200

3)     14*(3*5)=(14*5)*3=70*3=210

508-masala(og’zaki)

Bir chevar soatiga 12ta dast ro’molcha tikadi 4ta chevar 5soat ichida nechta dast ro’molcha tikadi.

O’quvchi masalani o’qib qisqa shartini yozib masalani bajardi.

                             5*12ta=60ta

                             60*4=240ta   javob: 240ta

Kasblar haqida tushuncha beriladi.

509-misol

 Ifodalarni belgi va ishoralar yordamida yozing va ularning qiymatini toping.

1)    7km 308 m va 9 sonlarining bo’linmasini 2ga bo’lish.

2)    8kg 480gr va 8 sonlarining  bo’linmasini 3ga ko’paytirish

 

1.     7308:9:2=406

 

_7308  | 9__                         _812 |_ 2_

     72     | 812                            8_   | 406

     _10                                      _012

     _9                                       _ 12                       

      _18                                        0

     __18__

           0

 

 

2.     8480:8*3=3480                     1060

                                           ×   __3_

_8480 |_8 __                            3480

  8___ |1060

   048

     48

      0

 

Misol kartochka usulida o’quvchilarga beriladi va to’g’ri tez bajargan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

 

 

IV. Mustahkamlash damolish daqiqasida “Nima yo’qolib qoldi” o’ynini o’ynatiladi.  O’yin sharti quyidagicha: 

   Stol ustida bir qancha geometric shakllar joylashtiriladi o’quvchilar stol ustini yahshilab kuzatib, narsalarni eslab qoladilar. Shundan so’ng o’qituvchi , o’quvchilarga bildirmasdan bittasini olib qo’yadi. O’quvchilar stol ustidan nima yo’qolib qolganini topishlari lozim. Bu o’yindan maqsad hotirani mustahkamlashdir.

     Hqr bir guruh sardoriga 5 tadan tezkor savollar beriladi.

1-guruh sardoriga

1. Hozir 8 yoshdasiz 4-sinfga o’tganingizda necha yoshda bo’lasiz?

2.Bir yil necha oy?

3. Rost so’zini teskarisi.

4. Santimetr so’zini qisqartirib qanday yozamiz?

5. Sinf rahbaringizning ismi va familiyasi?

2-guruh sardoriga

1. Siz 8 yoshdasiz akangiz sizdan 3 yosh katta. Akangiz necha yoshda?

2. Bir yilda necha fasl bor?

3. Sinfda o’g’il bolalar ko’pmi yoki qiz bolalarmi?

4. Ditsmetr so’zini qisqartirib qanday yozamiz?

5. Maktab direkto’rining ismi va familiyasi?

3-guruh sardoriga

1. Siz 8 yoshda ukasngiz 4 yoshda, siz ukangizdan necha yosh kattasiz?

2. Bir hafta necha sutka?

3. 2017 qanday nom bilan ataladi?

4. Kilometr so’zini qisqrtirib qanday yozamiz?

5. Boshlang’ich sinflar ilmiy bo’lim ismi va familiyasi.

Guruh sardorlari bergan javoblarga qarab baholanadi.

Guruh a’zolari to’plagan “rag’bat”, “yahshi”, “jarima”  kartochkalari aniqlanib, g’olib guruh e’lon qilinadi.  O’quvchilar  baholanadi.

 V.  Uy vazifasi tushuntiriladi va dars yakunlanadi.

510-misol.

Sutchi ayol har birida 3 litrdan 3 banka sut sotadi. Agar 1 litr sut 700 so’m tursa hamma sut hecha so’m turadi?

3*3=9           9*700=6300       J: 6300 so’m

511-misol.

24360 : 7 = 3480                     114300 : 6 = 19050