40-sonli umuiy o’rta ta’lim maktabida 8-“E” sinf o’quvchilari ishtirokida bo’lib o’tgan “Jannatim onam” bayram tadbiri.
Maktabimizda 2020-yil 7-mart kuni 8- mart Xalqaro Xotin qizlar bayrami munosabati bilan "Jannatim onam'' mavzusida bayram tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga maktabning faxriy ustozlari, 8-“E” sinf o’quvchilarining ota – onalari, ustozlar taklif etildi. Tadbirni maktab direktori N. Abdullayeva ochib berdi.
Tadbirda maktab direktori N. Abdullayeva barcha ayollarni , tadbir mehmonlarini bayram bilan muborakbod etdi va o’quvchilarga o’qishlariga omad, muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbir boshida o’quvchilar o’z onajonlari bilan tushgan rasmlari slayd orqali namoyish qilindi. Tadbirni Erkinova Mohlaroy va O’sarov Rahmatillolar olib bordilar. O’quvchilar “Bu mening onam” qo’shig’i jarangi ostida davraga kirib kelishdilar va onajonlar haqida she’rlar iliq so’zlar bilan barchani tabrikladilar. Yigit qizlar ijrosida vals, ayollar haqida raqslar ijro etishdilar. Ayniqsa Ona haqida qo’shiqqa sahna ko’qrinishi barchani ko’ziga yosh keltirdi. Shermuhammedov Sardorbek ayollar haqida xajviy she’ri bilan barchani kayfiyatini ko’tardi. So’ngra sinfimizning “Sinfdoshlar” jamoasi QVZ taqdim etdilar. “Sinfdoshlar” jamoasi barchaga xush kayfiyat ulashdilar. Tadbir so’ngida 8-“E” sinf rahbari Akbarova Shaxzoda barcha mehmonlarni bayram bilan tabriklab ustozlarga , onalarga tashakur bildirdi. Faxriy ustoz Matazimova Mahpubaxon, ota-onlardan Mavludaxon xoji onalar barcha ayol va qizlarimizni bayram bilan tabriklab, o’quvchilarga ustozlarga minnatdorchilik bildirdilar. Maktab direktori barcha o’quvchilarni faol ishtiroki uchun Tashakkurnoma bilan taqdirladi. Bu tadbir o’quvchilarni ota-onalariga, ustozlarga, opa-singillariga qolaversa vatanga mehr - muhabbat bilan yashashga , hurmat qilishga, e’zozlashga undaydi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |