Qayerda bo’lsang ham sog’-omon bo’lgin
Olisda yursang ham mardona turgin
Baxtli bo’l, omading kelsin ilohim
Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
2019-yil 25-may kuni o’tkazilgan " So’nggi qo’ng’iroq " tadbiri ssenariysi
1-boshlovchi : Assalom azizlar , muhtaram zotlar,
Tashrif uchun rahmat diydor g’animat
Bu damlar g’animat , umr g’animat
So’zimiz boshlashga etingiz ruxsat
2-boshlovchi : Assalomu alaykum , mehridaryo ustozlar , mehribon murabbiylar, ilm maskanimizning bugungi tantanasini o`z tashrifi bilan yanada fayzli qilgan aziz mehmonlar.
1-boshlovchi : Assalomu alaykum , bugungi "So’nggi qo’ng’iroq ” tadbiriga tashrif buyurgan aziz ota-onalar , qadrli maktabdosh do’stlar
2-boshlovchi : Qo’limdan kelgancha aylab ta’rifin
Bitiruvchilarimizning qilib hurmatin
Taklif etmoqlikka berasiz ruxsat
Qarsak urib turing maktabdoshlarim
1-boshlovchi : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasining asosiy sababchilari 11-sinf bitiruvchi o’quvchilarini kutib olaylik.
( MUSIQA SADOLARI OSTIDA BITIRUVCHILAR KIRIB KELISHADI )
2-boshlovchi : Assalom, ey ahli donishlar salom
Mehri ummon qalbi quyoshlar salom
Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom
Aziz ustozlarim salom assalom
1-boshlovchi : Ey olloh nazari tushgan ustozlar
E’tiqod bulog’i toshgan ustozlar
Dillarda ehtirom tillarda kalom
Deymiz biz sizlarga, salom assalom
2-boshlovchi : Biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Tantanali onlarimizda yangraydigan madhiyamiz bizning g’urur va iftixorimizdir.
Madhiya ijro etiladi.
1-boshlovchi : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasini ochib berish uchun so’z navbatini maktab-internatimiz direktori , muhtaram ustozimiz Nigoraxon Abdullayevaga beramiz. Marhamat ustoz.
2-boshlovchi : Rahmat ustoz sizning sof tilaklaringiz bizlarga hamisha hamroh bo`lsin. Kelgusi ishlaringizda muvoffaqiyatlar tilaymiz. Ustozlarimizning ko’zlari hamisha sevinchdan porlab tursin. Biz, shogirdlar sizlarni hamisha ko’zimiz qarog’ida, qalbimiz ardog’ida saqlaymiz.
1-boshlovchi : Bolalik yillar ham o’tdi shosha
Maktabdir biz uchun qadrdon go’sha
Hatto biz o’zgardik siz o’sha-o’sha
Sizdan minnatdormiz aziz muallim
Raqs. Ijro etadi 11-A sinf bitiruvchilari. Marhamt bitiruvchilar.
2-boshlovchi : Aziz ustozlar ,sizlar biz uchun eng qadrdon, eng aziz insonsiz. Shuning uchun yuragimiz qo’ridagi e’zgu orzularimiz haqida sizga aytgimiz keldi.
1-boshlovchi : Biz ulug’ O’zbekistonning navqiron avlodlarimiz. Bizning bu hayotda orzularimiz , ko’zlagan maqsadimiz qiladigan ishlarimiz juda ko’p, lekin eng buyuk , eng muqaddas vazifamiz xalqimiz istiqbolini ko’z qorachig’day asrash, uning xafsizligini ta’minlash va vatanga sadoqat bilan xizmat qilishdir.
2-boshlovchi: Endi navbat 11-sinf o`quvchilari ishtirokida songi ma`naviyat daqiqasiga beramiz. Marhamat bitiruvchilar.
1-boshlovchi :.”Ustoz otangdek ulug`” deydilar. Hayotda yaxshi ustozdan ta`lim olishning o`zi baxt-omad. Bizning omadimiz, baxtimiz ana shunday bilimdon ustozlar jam bo`lgan Norin tumani miqyosida tanilgan 40- umumta`lim maktabida tahsil oldik.
2-boshlovchi: Biz mamnuniyat bilan bosib o`tgan 2018-2019-o`quv yilimizni yakunlar ekanmiz, undagi erishilgan yutuqlarni faxr bilan tilga olmay ilojimiz yo`q. Negaki yakun topgan o`quv yilimiz biz uchun juda ko`p muvaffaqiyatlarga boy yil bo`ldi.
1-boshlovchi : Maktabimiz bir necha yillardan beri tuman maktablari orasida reytingda birinchilikni qoldan bermay kelmoqda. Shu o`rinda fan olimpiadasining tuman va viloyat bosqichlarida , “Bilimlar bellashuvi” da o`quvchilarimizning tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o`rinlarni egallab, ishtirok etayotganligini bugun biz faxr bilan tilga olamiz..
2-boshlovchi: Mustaqil yurt o`g`il-qizlari,
Yuzi qirmiz shirin so`zlari.
Aqli raso, bilimga tashna,
Kulib turar charos ko`zlari.
Davramizning guli o`zingiz,
Sayroqi sho`x bulbul so`zingiz.
Charaqlagan oysiz, ham quyosh,
Qadrlaydi sizni keksa yosh.
1-boshlovchi : Ko`ngillarni dilhush aylagan xolda endi navbatni 11-B sinf qizlari ijrosida go`zal raqsga bersak. Marhamat qizlar.
2-boshlovchi : Sinfxonamizda qoldirgan izlar,
Yosh to’la ko’zlarim shu izni izlar
Til esa faqat sog’inchdan so’zlar
Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.
1-boshlovchi : Qayerda bo’lsang ham sog’-omon bo’lgin
Olisda yursang ham mardona turgin
Baxtli bo’l, omading kelsin ilohim
Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.
2-boshlovchi : Mamnuniyat bilan tadbirimizni yakunlab berish uchun so`z navbatini maktabimiz direktori Abdullayeva Nigoraxon ustozga beramiz marhamat ustoz.