Saytdan qidirish

Saytga kirish

Onlayn chat

Вкл/Выкл Звук Опции Смайлы История Помощь Kide Chat

Powered by Kide Shoutbox

Гость_5862: re2xgv
Гость_1307: z79t58
ycnvr9: eroxel gel
Гость_4565: xjgh3m
1nuz3e: seks gel
Гость_3263: iskkre
Гость_4695: 5f7521 compra viagra barcelona

«link» - viagra cheap

cialis farmaco da banco

«link» - buy cialis online

combinar priligy y cialis

«link» - cheap cialis
Гость_4361: wpx35m
Гость_7732: 8yptyc
Гость_2821: jqhnz4
Гость_8791: cyspf9
Гость_8835: o5u4vj
Гость_6175: qancj1
Гость_9042: y4888c
Гость_3670: 5zpyop
Гость_9315: fgpx9f
Гость_7762: 81vb2m
Гость_7882: dwcv9b
Гость_2083: hemp oil «link» - cbd oil for dogs cbd online best cbd oil
Гость_3135: achetez cialis levitra

«link» - cialis
<a href="https://cialis-buy21.com/">buy cialis online</a>

online discount cialis canada
Гость_8366: «link» buy cbd oil «link» - buy cbd <a href="http://cbdhempoilwr.com/# ">buy cbd </a>
Гость_1919: fy3fq2

Имя:
Сообщение:


:) :( ;) :P :D :| :O :S O.O 8) :_( :-* (!) (?)

Kalendar

September 2020
Mo Tu We Th Fr Sa Su
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
Dars jarayonidan lavha
Maktabda tashkil etilgan to'garaklar
Maktab honalari
Bilimlar bellashuvi
Ingliz tili bizning hayotimizda
Namangan viloyati Norin tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 40-umumiy o'rta ta'lim maktabining web sayti

  

      Qayerda bo’lsang ham sog’-omon bo’lgin

    Olisda yursang ham mardona turgin

     Baxtli bo’l, omading kelsin ilohim

     Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.

 

 

 

 

 

 
   
   
   
   
   
   
   

 

2019-yil  25-may  kuni o’tkazilgan  " So’nggi qo’ng’iroq " tadbiri   ssenariysi

 

  1-boshlovchi :                   Assalom azizlar , muhtaram zotlar,

 

                                        Tashrif uchun rahmat diydor g’animat

 

                                        Bu damlar g’animat , umr g’animat

 

                                        So’zimiz  boshlashga etingiz ruxsat

 

  2-boshlovchi :  Assalomu alaykum , mehridaryo ustozlar , mehribon murabbiylar,  ilm maskanimizning bugungi tantanasini o`z tashrifi bilan yanada fayzli qilgan aziz mehmonlar.

 

  1-boshlovchi :  Assalomu alaykum , bugungi  "So’nggi  qo’ng’iroq ” tadbiriga tashrif buyurgan aziz ota-onalar , qadrli maktabdosh do’stlar

 

  2-boshlovchi :                    Qo’limdan kelgancha aylab ta’rifin

 

                                              Bitiruvchilarimizning qilib hurmatin

 

                                              Taklif etmoqlikka  berasiz ruxsat

 

                                               Qarsak urib turing maktabdoshlarim

 

1-boshlovchi :  Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasining asosiy sababchilari  11-sinf bitiruvchi o’quvchilarini  kutib olaylik.  

 

              ( MUSIQA SADOLARI OSTIDA BITIRUVCHILAR KIRIB KELISHADI )

 

2-boshlovchi :      Assalom, ey ahli donishlar salom

 

                             Mehri ummon qalbi quyoshlar salom

 

                             Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom

 

                             Aziz ustozlarim salom assalom

 

1-boshlovchi :      Ey olloh nazari tushgan ustozlar

 

                              E’tiqod bulog’i  toshgan ustozlar

 

                              Dillarda ehtirom tillarda kalom

 

                              Deymiz biz sizlarga, salom assalom

 

 

2-boshlovchi : Biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Tantanali onlarimizda yangraydigan madhiyamiz bizning  g’urur va iftixorimizdir.

 

Madhiya ijro etiladi.

 

1-boshlovchi : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasini ochib berish uchun so’z navbatini maktab-internatimiz direktori , muhtaram ustozimiz   Nigoraxon  Abdullayevaga  beramiz. Marhamat ustoz.

 

 

2-boshlovchi : Rahmat  ustoz sizning  sof  tilaklaringiz  bizlarga  hamisha  hamroh  bo`lsin.  Kelgusi  ishlaringizda  muvoffaqiyatlar  tilaymiz. Ustozlarimizning ko’zlari hamisha sevinchdan porlab tursin. Biz, shogirdlar sizlarni  hamisha ko’zimiz qarog’ida, qalbimiz ardog’ida saqlaymiz.

 

1-boshlovchi :     Bolalik yillar ham o’tdi shosha

 

                              Maktabdir biz uchun qadrdon go’sha

 

                               Hatto biz o’zgardik siz o’sha-o’sha

 

                                Sizdan minnatdormiz aziz muallim

 

Raqs.  Ijro  etadi  11-A  sinf  bitiruvchilari. Marhamt  bitiruvchilar.

 

2-boshlovchi :  Aziz ustozlar ,sizlar biz uchun eng qadrdon, eng aziz insonsiz. Shuning uchun yuragimiz qo’ridagi e’zgu orzularimiz haqida sizga aytgimiz keldi.

 

1-boshlovchi :  Biz ulug’ O’zbekistonning navqiron avlodlarimiz. Bizning bu hayotda orzularimiz , ko’zlagan maqsadimiz qiladigan ishlarimiz juda ko’p, lekin eng buyuk , eng muqaddas vazifamiz xalqimiz istiqbolini ko’z qorachig’day asrash, uning xafsizligini ta’minlash  va  vatanga  sadoqat  bilan  xizmat  qilishdir.

 

2-boshlovchi:  Endi  navbat 11-sinf  o`quvchilari ishtirokida   songi  ma`naviyat  daqiqasiga  beramiz. Marhamat  bitiruvchilar.

 

 

1-boshlovchi :.”Ustoz otangdek ulug`” deydilar. Hayotda yaxshi ustozdan ta`lim olishning o`zi baxt-omad.  Bizning omadimiz, baxtimiz ana shunday bilimdon ustozlar jam bo`lgan Norin   tumani  miqyosida  tanilgan   40- umumta`lim maktabida  tahsil oldik.

 

2-boshlovchi:  Biz mamnuniyat bilan bosib o`tgan 2018-2019-o`quv  yilimizni yakunlar ekanmiz, undagi erishilgan yutuqlarni  faxr bilan tilga olmay ilojimiz yo`q. Negaki yakun topgan o`quv yilimiz biz uchun juda ko`p muvaffaqiyatlarga boy yil bo`ldi.

 

1-boshlovchi : Maktabimiz bir  necha  yillardan beri  tuman maktablari orasida reytingda birinchilikni qoldan bermay kelmoqda. Shu o`rinda fan olimpiadasining  tuman va viloyat bosqichlarida , “Bilimlar bellashuvi” da  o`quvchilarimizning tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o`rinlarni egallab, ishtirok etayotganligini bugun biz faxr bilan tilga olamiz..  

 

2-boshlovchi:    Mustaqil yurt o`g`il-qizlari,

                          Yuzi qirmiz shirin so`zlari.

                          Aqli raso, bilimga tashna,

                          Kulib turar charos ko`zlari.

                          Davramizning guli o`zingiz,

                          Sayroqi sho`x bulbul so`zingiz.

                          Charaqlagan oysiz, ham quyosh,

                          Qadrlaydi sizni keksa yosh.  

 

1-boshlovchi : Ko`ngillarni  dilhush  aylagan  xolda  endi  navbatni  11-B  sinf  qizlari  ijrosida  go`zal  raqsga  bersak.  Marhamat  qizlar.

 

 

 

 

 

 

2-boshlovchi :             Sinfxonamizda qoldirgan izlar,

 

                                    Yosh to’la ko’zlarim shu izni izlar

 

                                     Til esa faqat sog’inchdan so’zlar

 

                                     Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.

 

 

 

1-boshlovchi :             Qayerda bo’lsang ham sog’-omon bo’lgin

 

                                     Olisda yursang ham mardona turgin

 

                                      Baxtli bo’l, omading kelsin ilohim

 

                                     Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.

 

 

2-boshlovchi :         Mamnuniyat  bilan  tadbirimizni  yakunlab  berish  uchun  so`z  navbatini  maktabimiz  direktori  Abdullayeva  Nigoraxon  ustozga  beramiz  marhamat  ustoz.

 

 

.