Jonajon O`zbekiston mangu bo`l omon.
2019-2020 yangi o`quv yili munosabati bilan maktabimizda
"Jonajon O`zbekiston Mangu bo`l omon" shiori ostida "Birinchi qo`ng`iroq" tadbiri uyushqoqlik bilan o`tkazildi. Tadbirga Norin tuman XTBdan A. Qo`chqorov, Norin tuman Agrobank filiali boshlig`i D. Xakimov, IIB profilaktika inespektori mayor Z. Matmurodov qishlog`imiz faxriylari va ota-onalar tashrif buyurishdi va ustoz-murabbiylarni va o`quvchi yoshlarni bilimlar kuni bilan tabrikladilar.
Qayerda bo’lsang ham sog’-omon bo’lgin
Olisda yursang ham mardona turgin
Baxtli bo’l, omading kelsin ilohim
Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.
Kuzatish komisiyasi bilan tanishtirish va o`quv yili yakuniy hisoboti bo`yicha ota-onalar yig`ilishi.
Xotira abadiy - qadr muqaddas.
9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 8- may kuni Norin tumani Norinkapa MFY Ulug` Vatan Urushi qatnashchisi Salomov Turg`unboy ota xonodonida katta bayram tantanasi bo`lib o`tdi. Ushbu tantanaga Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov , Norin tumani xokimi Dilmurod Kadirovich va tuman xokimligi, Namangan Teleradio kompaniyasi, Norin ovozi muhbirlari, maktab direktorlari Norinkapa MFY raisi, kotiblari Norinkapa madaniyat uyi xodimlari va 40-maktab o`qituvchi va o`quvchilari tashrif buyurdilar. Turg`unboy otaga prezident va xokimiyat sovg`alari taqdim etildi.